Search

Yo‘l qurilishiga Avstraliya texnologiyasini tatbiq etish taklif etilmoqda

 

Yo‘l qurilishiga Avstraliya texnologiyasini tatbiq etish taklif etilmoqda



Agar an’anaviy qurilish ishlari amalga oshirilganida 1 navbatda 250 kv.m yo‘l qurilsa, bu texnologiyada 5 ming kv.m yo‘l qurilishiga erishiladi. Yo‘l qurilish xarajatlari 1 kvadrat metri 120 ming so‘mdan 50 ming so‘mga qisqaradi, yo‘ldan foydalanish muddati esa 4 yildan 15 yilga oshadi.

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Alisher Norboyev Zarnews’ ga ma’lum qildi.
- Bu ishlar innovatsion hududga aylantirilayotgan Urgut tumanida amalga oshiriladi, - deya qo‘shimcha qildi A.Norboyev. - Bundan tashqari, Avstraliya texnologiyasi yo‘l qurilishining ekologik xavfsizligini ham ta’minlaydi.

Shuningdek, innovatsion hududda alkotester, avtomobillar uchun SOS qurilmasi, avtomobil muzlatkichlari, elektron turniket ishlab chiqarish hamda Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar jamiyati uchun loyihalar mavjud.

Yoshlarni ilm-fanga qiziqishini oshirish maqsadida “TexnoBus” mobil ta’lim platformasini joriy etish ko‘zda tutilgan. “TexnoBus” chekka hududlarda yashovchi yoshlarning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlarida bilim olishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda robototexnika, dasturlash, VR/Ar texnologiyalari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, 3D protiplash, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida ta’lim beriladi. Ushbu platforma Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan yoshlar texnoparklarining asosini tashkil etish va unda faoliyat olib boruvchi iqtidorli yoshlar jamoasini shakllantirishga qaratilgan.

 

manba: zarnews.uz