Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
✅ 31 dekabr — shanba (Prezidentning oʼtgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);
✅ 1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);
✅ 2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qatʼi nazar barcha uchun qoʼshimcha dam olish kuni);
✅ 3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qoʼshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan koʼchirilgan dam olish kuni).
30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni boʼladi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi