#JARAYON
#OQDARYO_TYFK_DM
Qirqdarxon va Boshdarxon qishloqlarini bog‘lovchi yo‘l ta’mirlanmoqda
Oqdaryo tumani Boshdarxon mahallasidagi Qirqdarxon va Boshdarxon qishloqlarini bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatdagi 4N594 “Po‘latdarxon q.-Boshdarxon q.” (5 km)" avtomobil yoʻlining 0-4-km oraligʻi uzoq yillar foydalanish jarayonida va tabiiy sharoitlarda yemirilgan boʻlib, qoplama yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Bugungi kunda ushbu yoʻlda asfalt qoplamasi yotqizish uchun asos tayyorlash va asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur umumfoydalanuvdagi yoʻlda bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun Oqdaryo tumani YFKDMning 20 nafar ishchi-xizmatchilari jalb etilgan bo‘lib, qurilish-ta'mir ishlarida 10 ga yaqin maxsus texnikalar faoliyat olib bormoqda.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi