Ochiq muloqotda tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sanjar Аliev ishtirok etdi.
Muloqotda dastavval Samarqand viloyati avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi balansida boʼlgan, Samarqand tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi xizmat koʼrsatadigan avtomobil yoʼllari haqida qisqacha maʼlumot berildi.
Taʼkidlandiki, Samarkand tumanida 962 km yoʼl mavjud boʼlib, korxonamiz xalqaro ahamiyatga ega boʼlgan M-37a avto/yoʼlining 20 km qismi, davlat ahamiyatiga ega boʼlgan 4R-23i avto/yoʼlining 6 km qismi, mahalliy ahamiyatga ega boʼlgan jami 194 km ni tashkil qiluvchi 42 ta avtomobil yoʼllariga xizmat koʼrsatadi.
2021 yilda Samarqand viloyati avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi bilan Samarqand tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi oʼrtasida shartnoma tuzilgan boʼlib, shartnoma asosida umumiy foydalanuvdagi 38 km avtomobil yoʼllarini joriy taʼmirlanishi uchun 3 059,3 mln. soʼm mablagʼ ajratilgan hamda taʼmirlash ishlar yakunlangan. Hozirgi kunda umumiy foydalanuvdagi avtomobil yoʼllariga qoʼshimcha 13 km yaʼni 1 593,0 mln soʼmlik ishlar bajarilgan.
Misol qilib oladigan boʼlsak, Dashtiobod mahallasidan oʼtuvchi 4K-533 raqamli avtomobil yoʼlining 10 km qismi joriy taʼmirlandi. Shundan 9 km joriy taʼmirlandi, 1 km qismi toʼliq taʼmirlanib, lotok oʼrnatish ishlari amalga oshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoʼl qurilishi sohasida olgʼa surgan tashabbusi, chiqargan qarorlari natijasi oʼlaroq, Samarqand tumanida ham yoʼllarni taʼmirlash boʼyicha bir talay ishlar amalga oshirildi.
Misol qilib koʼp yillardan beri taʼmirlanmagan, xalqning asosli murojaatlariga sabab boʼlib kelayotgan Samarqand tumanining chekka, togʼli hududlari hisoblanmish Mironqul, Ohalik va Dustlik mahallalarida ushbu yil hisobidan koʼplab yoʼl sohasida oʼzgarishlar amalga oshirildi. Mironqul mahallasiga toʼxtalaydigan boʼlsak, shu yilning oʼzida Mironkul maxallasi “Uchqun” oromgohiga borish yuli umumiy 5 km qismidan 3,2 km qismiga toʼliq asfalt qoplamasi yotqizildi xamda 1,8 km qismi joriy taʼmirlandi. Undan tashqari qabristonga olib boruvchi ichki yoʼlining 300 metr qismi asfalt qoplama bilan qoplandi.
Ohalik mahallasi misolida qaraydigan boʼlsak, ushbu mahalladan oʼtuvchi asosiy “Ohalik” maxallasi “Sitora” va “Аlposhim” bolalar oromgohiga borish yulining 10 km qismi taʼmirdan chiqdi. Shundan 5 km toʼliq asfalt qoplamasi bilan qoplandi. Qolgan 5 km qismi joriy taʼmirlandi.
Doʼstlik mahallasini ham eʼtibordan qoldirmagan holda 2 km qismi toʼliq asfalt qoplamasi bilan qoplandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5048-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida. Samarqand tumanida yoʼllarni taʼmirlash masalasi ham oʼrin oldi. “Obod qishloq va Obod mahalla” dasturi doirasida “Oʼrta Ohalik” va “Konigil” mahallalarida yoʼllarni taʼmirlashga ham alohida eʼtibor qaratilgan boʼlib, hozirgi kunda 4,8 km ichki xoʼjalik yoʼllarini taʼmirlanishi uchun jami boʼlib 2 308,6 mln soʼmlik mablagʼ ajratildi.
Jumladan, Samarqand tumani “Oʼrta Ohalik” mahallasida “Obod qishloq” dasturi boʼyicha ushbu yil davomida 6,0 km yoʼliga shagʼal hamda 2,4 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizib berildi.
Samarqand tumani “Konigil” mahallasida esa 6,5 km shagʼal hamda 2,3 km asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi. Undan tashkari maxalliy byudjet tomonidan moliyalashtirib Konigil maxallasida 3,5 km ichki kuchalari asfalt koplamasi bilan koplandi.
Samarqand viloyati hokimining tashabbusi bilan “Boʼzi” mahallasining “Botanika bogʼi” ga olib boruvchi yoʼlning 1,5 km qismi toʼla taʼmirlandi.
Shu bilan birga Samarqand tumani hokimining tashabbuslari bilan tumanning “Xoʼja Аxrori Valiy” va “Koʼsaxo” mahallalarida avtotransport vositalari harakat xavfsizligini taʼminlash, erkin harakatlanishi uchun yoʼl ikki tomonlama kengaytirildi hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida beton ariqchalar (lotok) oʼrnatish ishlari bajarilgan.
Bundan tashqari tumanda taktik oʼquv mashqlari oʼtkazish orqali 9 ta mahallalarning 13,9 km ichki yoʼllariga qum shagʼal aralashmasi yotqizildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5048-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-apreldagi mahsus farmoishi asosida ichki xoʼjalik yoʼllarini joriy taʼmirlash ishlari koʼrsatib oʼtilgan.
Ushbu qarorga muvofiq “Samarkand mintaqaviy yoʼllarga buyurtmachi xizmati” DUK bilan Samarqand tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tuman boʼyicha 48 ta mahallada jami boʼlib 32 km ichki xoʼjalik yoʼllarini taʼmirlanishi uchun 12,8 mld.soʼmlik shartnomalar tuzilgan boʼlib, hozir kunda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Qoʼshimcha ravishda mahalliy byudjet tomonidan Samarqand tumanidagi 6 ta mahallada kabristonga borish ichki yoʼllarini taʼmirlash uchun 800 mln.soʼmlik mablagʼ ajratilgan boʼlib, 2,2 km ichki xoʼjalik yoʼllari joriy taʼmirlandi.
Samarqand tumani xokimining qarorlari, farmoyishlari hamda fuqarolar tomonidan kelyayotgan murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun 2021-yilda jami boʼlib, 35,6 km ichki xoʼjalik yoʼllarida joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. shundan 9,6 km da qum shagʼal aralashmasi yotqizish ishlari hamda 26 km asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlari yil yakuniga rejalashtirilgan.
Samarqand tuman yoʼllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Samarqand tumanidan oʼtuvchi xalqaro ahamiyatdagi umumfoydalanuvdagi M-39 “Аlmata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yoʼlining 1081-1086-km qismida loyiha-smeta hujjatlari asosida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirlilyapti, ushbu qarorga muvofiq Konigil maxallasida "Konigil turizm kishlogiga kirish yuli" ni 1,5 km qismida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Qoʼshimcha ravishda shuni aytib oʼtishim lozimki, ushbu yil Samarqand tumani Pulmugʼob mahallasida kam taʼminlanganlar uchun uy-joy qurish ishlari amalga oshirildi. Bu borada bizning tashkilot ham chetda qarab turmasdan, aholiga yaʼnada qulaylik yaratish maqsadida barpo qilingan uylarga olib boruvchi yoʼl hamda atroflari, hovli qismiga ham asfalt qoplamasi yotqizilib berildi.
Viloyatimizda yoʼl qurilishi sohasi boʼyicha ushbu yil bajarilgan ishlar oʼtgan yillarga nisbatan bir necha marotaba ortiqroq ekanini guvohi boʼlyabmiz. Kerak boʼlsa har bir mahallada joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va oshirilmoqda. Tumanda isteʼqomat qiluvchi fuqarolardan kelayotgan murojaatlar imkon qadar ijobiy bartaraf etilib kelinmoqda.
2021 yilda Samarqand tumani hududidan oʼtuvchi umumiy foydalanuvdagi va ichki xoʼjalik yoʼllari boʼyicha jami boʼlib 130,8 km avtomobil yoʼllarida rekonstruktsiya, kapital va joriy taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Muloqot davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali kedib tushgan savollarga ham batafsil javob berildi.
manba: gulobod.uz