Search

"Ko‘chamiz asfaltlandi"

Paxtachi tumanida ko‘cha va yo‘llarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Ziyovuddin shaharchasi Amir Temur mahallasidagi Hamid Olimjon, Bobur, Dilsaroy ko‘chasi asfaltlandi. 

Hamza Orzu Mahmudov, Narpay ko‘chalari asfaltlash ishlariga tayyorlab qo‘yilgan.

Mahalla ahli xursand bo‘lib, davlatimiz rahbari, tuman hokimligi va yo‘lsozlarga o‘z minnatdorchiligini bildirishmoqda.