Аyni paytda Davlatimiz mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik koʼrish, “Yangi Oʼzbekiston erkin va farovon yashaylik!” shiori asosida obodonlashtirish oyligini tashkil etish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida Hukumat farmoyishiga asosan 2021 yil 21 avgust kuni mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharlari oʼtkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyat Аvtomobil yoʼllari hududiy bosh boshqarmasi va uning hududlardagi barcha tizim korxonalari tomonidan viloyatimizning barcha tumanlaridagi avtomobil yoʼllari chetlari hamda tashkilotlar hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.