Tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbalarini yaratish, qishloqlarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʼlib, mazkur yoʼnalishdagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, ayni kunlarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” davlat dasturi asosida Navzandak hamda Yastepa mahallalari ish qizgʼin davom yetmoqda. Asosiy ishlar yakuniga yetkazilib, yoritgichlarni elektr energiyasiga ulash, ichki yoʼllarni asfaltlash kabi ishlar amalga oshirilmoqda.