Kattaqo'rg'on shaxrida istiqomat qiluvchi fuqaro Obid Eshonovning 2022-yil 28-yanvardagi Samarqand viloyati hokimiga Ishonch telefoni orqali yo‘llagan “Kattaqo‘rg‘on shahar, Ingichka qo‘rg‘oni hududidagi avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlaridan norozilik to‘g‘risida”gi 73440-TL-sonli murojaati joyiga borib o‘rganildi.
O‘rganish davomida, murojaatda ko‘rsatilgan avtomobil yo‘li, Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi balansidagi davlat ahamiyatidagi 4R54 “Kattaqo‘rg‘on sh. — Ingichka q.” avtomobil yo‘li bo‘lib, uzunligi 28 km. ni tashkil qiladi.
2021-yilda ushbu avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun 4,57 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 25-28 km.lari oralig‘ida hamda 3-6 km. lari oralig‘ida loyiha-smeta hujjatlari asosida asfaltlash ishlari amalga oshirilgan.