Bugungi kunda, 4r 58g “M37 avtoyoʼlidan Ishtixon shahriga (53km)” avtomobil yoʼlining 3-6 km qismi mukammal taʼmirlash Davlat dasturiga kiritilgan boʼlib, bugungi kunda loyiha-smeta xujjatlari asosida soʼngi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun, soʼngi asfalt yotqizish, latok va yoritish chiroqlari oʼrnatish ishlari nihoyasiga yetkaziladi.
Keyingi ishlar yaʼni yoritish chiroqlarini elektr taʼminotiga ulash, velosiped yoʼlaklarini oʼrnatish ishlari davom ettiriladi.
Hurmatli yoʼlsozlar, ayni vaqtda kech boʼlishiga qaramasdan, olib borayotgan ushbu mashaqqatli ishingiz faqatgina xalq farovonligi uchun boʼlayotganligini bugungi kunda, tuman ahli ich-ichidan his etmoqda. Biz sizga ushbu mashaqqatli ishlaringizda sabr toqat va omad tilab qolamiz!
Zero, siz amalga oshirayotgan ushbu ishlar tarix zarvaraqlarida muhrlanajak!