O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" tashkil etilgan.
Mazkur o‘quv soatida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash masalalari, aholi bilan muloqot qilish, ularning bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, yoshlarga oid ijtimoiy muammolarni samarali hal etish, davlat xizmati samaradorligini oshirish, mamlakatimiz va jahonda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi