Search

Axborotlarni olishga doir so'rovlarni qabul qilish

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rovlarni ko'rib chiqish REGLAMENTI

  Chop etish  Yuklab olish (16 Kb)


 

1. Ushbu Reglament O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyati to'g'risidagiaxborotlarni olishga doir so'rovlarni qabul qilish va ko'rib chiqish tartibini belgilaydi. 

2. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi to'g'risidagi axborotlarniolishga doir so'rovlarni qabul qilish va ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasining"Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"giQonuni hamda mazkur Reglament bilan belgilanadi. 

3. Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rov– axborotdan foydalanuvchining Qo'mita faoliyati to'g'risidagiaxborotlarni taqdim etish haqida Qo'mitaga va (yoki) uning mansabdorshaxslariga yo'llanadigan og'zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjatshaklidagi) talabidir. 

 

O'zbekiston RespublikasiAvtomobil yo'llari davlat qo'mitasi to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rovniko'rib chiqish 

 

4. Axborotdan foydalanuvchiningso'rovi ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kunlik muddatdako'rib chiqilishi kerak.

5. Ommaviy axborot vositasining Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishgadoir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to'g'risidagiso'rovi ko'pi bilan yetti kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.

6. Agar axborotdan foydalanuvchining so'rovini ko'rib chiqish Qo'mita vakolatlarigakirmasa, so'rov so'ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga ega tegishli organgaro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdanfoydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi.

7. Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan (chop etilgan)yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborotlar so'ralganda davlat soliq xizmatiorganlari so'rovga beriladigan javobda so'ralayotgan axborot e'lon qilingan (chopetilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasihamda raqamini va (yoki) so'ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytningelektron manzilini ko'rsatgan holda havola berishi mumkin.

8. Agar Qo'mita olingan so'rov bo'yicha davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqaorganlari vakolatlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasa, axborotdan foydalanuvchigaso'rov ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tegishli javobyuboradi.

9. So'rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchigaasoslantirilgan javob yuboriladi.

10 Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rovlarni qabul qilibolish, ularning hisobini yuritish, rahbariyatga taqdim etish, rahbariyatning munosabatbelgisiga asosan ijrochiga etkazish, ijrochi tomonidan murojaatlarni ko'rib chiqishnatijalari bo'yicha taqdim etilgan javobni murojaat mualliflariga yuborish uchunQo'mitaning umumiy bo'limi mas'ul hisoblanadi.

11. Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rovlar har ishkuni soat 09-00 dan 18-00 ga qadar qabul qilinadi, soat 18-00 dan so'ng kelib tushganmurojaatlar keyingi ish kunida kirim qilingan hisoblanadi. 

12. Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarni olishga doir so'rovlarni ko'ribchiqish natijalari bo'yicha Qo'mitaning mas'ul ijrochilari tomonidan tayyorlanganva rahbar yoki uning o'rinbosari tomonidan imzolangan javob xatlari Umumiy bo'limgataqdim etiladi. 

13. Qo'mita umumiy bo'limi javob xatlarini belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazib,ularga chiqish raqamini qo'yib, belgilangan tartibda murojaat muallifiga yuboradi. 

 

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi to'g'risidagi axborotlarniolishga doir so'rovlarga qo'yiladigan talablar 

14. Qo'mita faoliyati to'g'risidagi axborotlarniolishga doir so'rovlar O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruviorganlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi Qonunining 20-moddasi talablarigajavob berishi lozim.

 

Yakunlovchi qoidalar

15. O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyati to'g'risidagiaxborotlar olishga doir so'rovlarni qabul qilish va ko'rib chiqish tartibi bilanbog'liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining faoliyati to'g'risidagi axborotlar Ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi rasmiy saytiga joylashtiriladigan axborotlar va axborotga mas'ullar Ro'yxati

O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi faoliyati to'g'risidagi axborotni olish uchun so'rovlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va qayta ishlash tartibi to'g'risidagi YO'RIQNOMA

Axborotdan foydalanuvchilarning O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasiining ochiq hay'at majlislarida hozir bo'lishi tartibi to'g'risidagi NIZOM

Konfidensial axborotlar sirasiga kiradigan ma'lumotlar RO'YXATI