Search

Funksiya va vazifalar

Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

1. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;

avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;

zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo'lishini ta'minlash;

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;

avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.

2. Yuklangan vazifalarga muvofiq Boshqarma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish sohasida:

yo'l xo'jaligi sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni va yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va takomillashtirishda ishtirok etish;

avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash, shuningdek yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarni ishlab chiqish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini ta'minlash;

avtomobil yo'llari qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlashda uchastkalarda harakat xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash yoki to'xtatishni joriy etish bo'yicha takliflar kiritish;

safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo'yicha ular faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari davlat kadastrini yuritish;

avtomobil yo'llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalarining hisobini yuritish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bundan mustasno;

b) avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarning texnik holatini har yili ko'zdan kechirish, tekshirish;

avtomobil yo'llarining texnik holatiga qarab avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini ta'mirlashning har yilgi dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

v) avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash sohasida:

O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari ro'yxatini shakllantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan hamda davlatning strategik vazifalarini hal etishdan kelib chiqib respublika avtomobil yo'llari tarmog'ini ilmiy asoslangan istiqbolli rejalashtirish, takomillashtirish va rivojlantirish;

mamlakat mintaqalarini bog'lovchi va kecha-kunduz, uzluksiz va xavfsiz avtomobil transport aloqasini ta'minlaydigan transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;

respublika avtomobil yo'llari tarmog'ini takomillashtirish va rivojlantirish;

g) avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish sohasida:

avtomobil yo'llari masalalari bo'yicha xalqaro yo'l va transport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda o'zaro hamkorlik qilish va ularda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash, O'zbekiston Respublikasining avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishini ta'minlash;

avtomobil yo'llari va transport sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xalqaro yo'l va transport tashkilotlari, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan samarali o'zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha boshqa davlatlarning avtomobil yo'llari va transport bo'yicha vakolatli organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;

maxsus ruxsatnoma bergan holda, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan yirik o'lchamli va og'ir yuk ko'taradigan avtotransport vositalarining avtomobil yo'llari bo'yicha harakati yo'nalishlarini belgilash;

xalqaro transport yo'nalishlaridan foydalanishda xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy integratsiyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;

d) zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta'minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:

avtomobil yo'llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlariga, shu jumladan investitsiya loyihalari va mukammal ta'mirlash ob'ektlarini texnik-iqtisodiy asoslashni (texnik-iqtisodiy hisob-kitobni), avtomobil yo'llarini mukammal ta'mirlash ob'ektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo'llarini jihozlash bo'yicha tanlov hujjatlari ekspertizadan o'tkazish bo'yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish;

idoraviy mansub tashkilotlarning muassisi funksiyasini amalga oshirish, ular faoliyati monitoringini olib borish va iqtisodiy tahlil qilish, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarda moliya-xo'jalik faoliyatini va mol-mulkdan foydalanilishini tekshirish;

qulay va xavfsiz harakatni ta'minlash uchun avtomobil yo'llaridan foydalanish, avtomobil yo'llaridan foydalanishda yo'l harakati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar organlari bilan o'zaro hamkorlik qilish;

yo'l qurilishining yirik loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlarini jalb etish;

fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki va yozma murojaatlari o'z vaqtida va to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash, ular bo'yicha qarorlar qabul qilish va ariza beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan muddatda javoblar yuborish;

e) avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:

avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish sohasida sifat nazoratini amalga oshirish;

avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash ustidan texnik kuzatish;

avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlashda qo'llanadigan yo'l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalarning sifati ustidan nazorat qilish;

j) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida:

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'ini ta'mirlash va saqlash bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan shaharlar va tumanlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

z) ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish sohasida;

avtomobil yo'llari sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va o'z vakolatlari doirasida qabul qilish;

avtomobil yo'llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Boshqarma faoliyatiga tegishlilik yuzasidan tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ko'rib chiqish va kelishish;

avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;

avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida zamonaviy texnologiyalarni va yangi materiallarni joriy etish bo'yicha tajriba ishlari olib borish;

i) avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish sohasida:

tarmoqda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha bazaviy ta'lim dasturlarini kelishish;

yo'l qurilishini prognozlashtirish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishning zamonaviy usullari talablariga muvofiq avtomobil yo'llari sohasida malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;

o'quvchilarning olingan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyotida mustahkamlash maqsadida ta'lim muassasalarining idoraviy mansub tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini ta'minlash;

avtomobil yo'llari sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni, shu jumladan xorijiy ta'lim muassasalarida tajriba orttirishini ta'minlash.

3. Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajaradi.