Search

Savol-javoblar

Savol-javoblar

 

Yo‘llarini ta’mirlash masalasi

 

1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalalari avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlari uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida tegishli viloyat hududiy yo‘l tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

2. Ichki xo‘jalik yo‘llari va ko‘chalar bo‘yicha.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “2016-2017 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2775 – sonli qaroriga asosan ichki xo‘jalik yo‘llari, shahar va shahar tipidagi posyolka ko‘chalarini bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlarining tumanlar kesimidagi parametrlari belgilanganligi va ushbu ta’mirlash ishlarining manziliy ro‘yxatlarini joylardagi mahalliy hokimliklar va ularning tegishli bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlangan manzilliy ro‘yxatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasining joylardagi yo‘l korxonalari tomonidan ta’mirlash ishlari bajariladi

 

Ish xaqi masalasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 noyabrdagi “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 504- sonli qaroriga asosan tizim korxona va tashkilotlari tomonidan ish xaqidan mavjud qarzdorliklari to‘lik to‘lab beriladi.

 

Avtoyullarni kengaytirish  va yo‘l qurib berish masalasi
 

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish Investitsiya dasturiga asosan amalga oshirilishi, Investitsiya dasturi shakllantirilishida inobatga olinib, yo‘lni kengaytirish (rekonstruksiya) bo‘yicha takliflar Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarga kiritiladi.

 

Yullarga chirok urnatish masalasi
 

Agar yo‘l shahar yoki tuman hokimligi tasarrufida ekanligi ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 13-moddalariga asoslanib tegishli tuman yoki shahar hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar yo‘l umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatida ekanligi aniqlansa, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan chiroq o‘rnatish ishlarini joriy yil yoki kelgusi yil dasturlariga kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.

 

Shartnoma asosida bajargan ishlari uchun mavjud karzdorlikni undirib berish masalasi
 

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi korxona va tashkilotlar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan mustaqil ravishda xo‘jalik shartnomalarini tuzadilar.

Qarzdorlikni tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etilishi va sud organlari tomonidan qabul qilingan ajrimlar bo‘yicha belgilangan tartibda qarzdorliklarni undirilishi tavsiya etiladi.

 

Yullarini kapital ta’mirlash  va suv kuvurlarini almashtirish masalasi
 

Agar yo‘l shahar yoki tuman hokimligi tasarrufida ekanligi ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 13-moddalariga asoslanib tegishli tuman yoki shahar hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Agar yo‘l umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatida ekanligi aniqlansa, yo‘lning kapital ta’mirlashga muhtoj qismini Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi  tomonidan kapital ta’mirlash dasturi loyihasiga kiritilib, o‘rnatilgan tartibda dastur loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

 

Ko'prik qurib berish masalasi
 

Agar yo‘l shahar yoki tuman hokimligi tasarrufida ekanligi ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 13-moddalariga asoslanib tegishli tuman yoki shahar hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish Investitsiya dasturiga asosan amalga oshirilishi, Investitsiya dasturi shakllantirilishida inobatga olinib, yo‘l va ko‘prik qurish (yoki rekonstruksiya) bo‘yicha takliflar Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa vazirlik va idoralarga kiritiladi.  

 

Avtobekatda  dukon qurish masalasi
 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan avtobekatlarda savdo do‘koni qurilishi harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bundan tashqari  avtomobil yo‘llarining ushbu qismlarida sun’iy tirbandliklar hosil qilishi munosobati bilan avtobekatlarda savdo do‘koni qurilishi maqsadga muvofiq emas.

 

Ishga joylashish bo‘yicha
 

Mehnat qonunchiligida fakat vakant joy bo‘lgan taqdirdagina ishga qabul qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ishga qabul qilishda soxaviy ma’lumotiga, lavozim yo‘riqnomasidagi talablarga mos kelidigan xodimlar ishga qabul qilinishi tushuntirilgan.

 

Sizga shuni yozib malum qilamanki, Sirg’ali tumani Sputnik 4 dahasida joylashgan 459 son maktabgacha talim muassasiga kirish oldidagi yo’l tamirtalash ahvolga kelib qolgan. Sizlardan mazkur yo’lni tamirlab berishingizni so’raymiz.
 

“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi umumfoydalanuvdagi halqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo’llariga hizmat ko’rsatadi.“Avtomobil yo’llari to’g’risida” gi qonuniga binoan Savolda ko’rsatilgan masala kompaniya vakolatiga kirmasligi hamda ushbu qonunning 7 moddasiga asosan shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek ho’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, tamirlash hamda saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kirishini inobatga olib, hududingizdagi hokimiyatga murojat qilishingiz maqsadga muvofiqligini malum qiladi.

 

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol QFY mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Savol.Qorasu ko’chasi ancha yillardan beri asfalt qilinmagan, bolalarimiz loy balchiqqa botib 1 km yo’l bosib maktabga borishadi, albatta bu masalada hokimlikning etiborsizligi turadi, bunga qanday qaraysizlar.
 

“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi Savolni ko’rib chiqib,O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida” gi qonuniga binoan Savolda ko’rsatilgan masala kompaniya vakolatiga kirmasligi hamda ushbu qonunning 7 moddasiga asosan shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek ho’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, tamirlash hamda saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kirishini inobatga olib, “Fuqarolar murojaati to’g’risida” gi qonunining 17 moddasi talablariga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligiga taalluqligi bo’yicha ko’rib chiqish uchun yuborildi.

 

 

Jizzax viloyati Baxmal tumani oqsoqollari tomonidan yozilgan Savol.

Qishloqlari orqali o’tuvchi Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo’li ko’p yillardan buen tamirlanmaganligi, yo’lning ahvoli qoniqarsizligini inobatga olib loyiha smeta hujjatlari tuzilib to’la tamirlash rejasiga kiritilishi so’ralgan.

 

“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi Savolni kompaniya mutahassislari tomonidan ko’rib chiqib, natijasi bo’yicha quyidagilarni malum qiladi.Savolda ko’rsatilgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’li kompaniya tizimidagi “Markaziy” halqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini saqlashga ihtisoslashtirilgan tamirlash foydalanish korhonasiga tegishli bo’lib, unga shartnoma asosida ajratilgan limit mablag’lari doirasida Bahmal tuman yo’l korhonasi tomonidan joriy tamirlash va saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.Avtomobil yo’lini ayrim qisimlari tamirtalab bo’lib, qo’shimcha mablag’ ajratilishi uchun Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga murojaat qilinganligini bildiradi.